Maruza 80 daqiqa

Elektrostatikaning umumiy masalasi. Puasson va Laplas tenglamalari. Irnshou teoremasi

Potensialning fazoda taqsimlanishini tavsiflovchi Puasson (∇²φ = −ρ/ε₀) va Laplas (∇²φ = 0) tenglamalari hamda Irnshou teoremasi.

Maqsadlar
  • Puasson va Laplas tenglamalarining fizik mazmunini tushuntirish
  • Tenglamalarning Dekart koordinatalaridagi ko'rinishini yozish
  • ρ = 0 va ρ ≠ 0 hollarini farqlash
  • Irnshou teoremasini ta'riflash va uning natijasini asoslash

Maruza matni

PDF
Maruza matni PDF · 1.0 MB
PDF tayyorlanmoqda…

Interaktiv animatsiyalar

2 ta
6.1 Puasson va Laplas tenglamalari

ρ ni o'zgartirib, Puasson va Laplas rejimlari o'rtasidagi farqni kuzatish.

6.2 Irnshou teoremasi

Sinov zaryadini siljitib, muvozanatning noturg'unligini tekshirish.

Asosiy tushunchalar

Lug'at
Puasson tenglamasi
∇²φ = −ρ/ε₀ — zaryad zichligi mavjud sohada potensial taqsimotini tavsiflaydi.
Laplas tenglamasi
∇²φ = 0 — zaryadsiz (ρ = 0) sohada potensial taqsimotini tavsiflaydi.
Laplasian (∇²)
Ikkinchi tartibli differensial operator: ∂²/∂x² + ∂²/∂y² + ∂²/∂z².
Ekvipotensial sirt
Barcha nuqtalarida potensial bir xil bo'lgan sirt; maydon chiziqlariga perpendikular.
Irnshou teoremasi
Faqat elektrostatik kuchlar bilan zaryadni turg'un muvozanatda ushlab bo'lmaydi.

Bilimni tekshirish

Mavzuni o'qib bo'lgach 10 ta savoldan iborat testni topshiring. Keyingi mavzu 50% dan yuqori natijada ochiladi.

Testni boshlash