Maruza
80 daqiqa
Gauss teoremasi: integral va differensial ko‘rinishlari
Gauss teoremasi: yopiq sirt orqali elektr oqimi faqat sirt ichidagi zaryadga bog'liq. Gauss sirtining radiusini o'zgartirish va zaryadni ko'chirish.
Maqsadlar
- Gauss teoremasini ta'riflash va matematik ifodasini yozish
- Yopiq sirt orqali oqim sirt radiusiga bog'liq emasligini asoslash
- Sirt ichidagi va tashqarisidagi zaryadning oqimga ta'sirini farqlash
- Gauss teoremasidan maydon hisoblashda foydalanish
Maruza matni
PDFMaruza matni PDF · 1.1 MB
PDF tayyorlanmoqda…
Interaktiv animatsiyalar
3 ta4.1 Gauss sirtining radiusini o'zgartirish
R o'zgarganda E va S o'zgaradi, lekin Φ_E = q/ε₀ o'zgarmaydi.
4.2 Zaryadni Gauss sirtining ichiga va tashqarisiga ko'chirish
Slayder orqali zaryad holatini o'zgartirib, sof oqimni kuzatish.
4.3 Zaryadni sudrab ko'chirish (drag & drop)
Zaryadni sichqoncha bilan sudrab, Gauss teoremasi natijasini kuzatish.
Asosiy tushunchalar
Lug'atGauss sirti
Oqimni hisoblash uchun tanlanadigan xayoliy yopiq sirt.
Gauss teoremasi
∮E·dS = Q_ich/ε₀ — yopiq sirt orqali oqim faqat ichkaridagi zaryadga bog'liq.
Sof elektr oqimi (Φ_E)
Yopiq sirtga kiruvchi va undan chiquvchi oqimlarning algebraik yig'indisi.
Bilimni tekshirish
Mavzuni o'qib bo'lgach 10 ta savoldan iborat testni topshiring. Keyingi mavzu 50% dan yuqori natijada ochiladi.