Maruza
120 daqiqa
Elektr maydonida o‘tkazgichlar. Elektr sig‘imi va kondensatorlar
O'tkazgichlarning elektrostatik maydondagi holati, yakka o'tkazgich elektr sig'imi, yassi, sferik va silindrik kondensatorlar hamda maydon energiyasi.
Maqsadlar
- O'tkazgich ichida E = 0 va φ = const shartlarini asoslash
- Elektrostatik induksiya hodisasini tushuntirish
- Yakka o'tkazgich sig'imi C = 4πε₀R ni hisoblash
- Yassi, sferik va silindrik kondensator sig'imlarini hisoblash
- Elektr maydon energiyasi W va energiya zichligi w ni aniqlash
Maruza matni
PDFMaruza matni PDF · 869 KB
PDF tayyorlanmoqda…
Interaktiv animatsiyalar
6 ta7.1 Elektr maydonida o'tkazgichlar
Tashqi maydon ta'sirida erkin elektronlarning qayta taqsimlanishi, E_ichki = 0.
7.2 O'tkazgichning elektr sig'imi
Yakka sferik o'tkazgich: C = 4πε₀R, radius va zaryadning ta'siri.
7.3 Yassi kondensator sig'imi
C = ε₀ε_r S/d. Plastina yuzasi va masofaning sig'imga ta'siri.
7.4 Sferik kondensator sig'imi
C = 4πε₀ε_r R₁R₂/(R₂−R₁). Radiuslar va dielektrikning ta'siri.
7.5 Silindrik kondensator sig'imi
C = 2πε₀ε_r L/ln(R₂/R₁). Radiuslar, uzunlik va dielektrikning ta'siri.
7.6 Elektr maydon energiyasi va uning zichligi
W = CU²/2 va w = ε₀ε_r E²/2 ni interaktiv hisoblash.
Asosiy tushunchalar
Lug'atElektrostatik induksiya
Tashqi maydon ta'sirida o'tkazgich sirtida induksion zaryadlarning hosil bo'lishi.
Elektr sig'imi (C)
C = Q/φ — o'tkazgichning zaryad to'plash qobiliyati. SI birligi — farad (F).
Kondensator
Dielektrik bilan ajratilgan ikki o'tkazgichdan iborat, zaryad to'plovchi qurilma.
Yassi kondensator
C = ε₀ε_r S/d — ikki parallel plastinadan iborat kondensator.
Sferik kondensator
C = 4πε₀ε_r R₁R₂/(R₂−R₁) — ikki konsentrik sferadan iborat kondensator.
Silindrik kondensator
C = 2πε₀ε_r L/ln(R₂/R₁) — ikki koaksial silindrdan iborat kondensator.
Maydon energiyasi (W)
W = CU²/2 — kondensatorda to'plangan elektr maydon energiyasi.
Energiya zichligi (w)
w = ε₀ε_r E²/2 — birlik hajmga to'g'ri keluvchi maydon energiyasi, J/m³.
Bilimni tekshirish
Mavzuni o'qib bo'lgach 10 ta savoldan iborat testni topshiring. Keyingi mavzu 50% dan yuqori natijada ochiladi.