Magnit induksiya vektorining fizik mazmuni
Yo‘nalish: \(\vec B\) vektori magnit maydon induksiya chizig‘iga urinma bo‘lib yo‘naladi. Tok yo‘nalishi o‘zgarsa, \(\vec B\) vektorining yo‘nalishi ham teskarilanadi.
Tokli to‘g‘ri o‘tkazgich atrofida magnit induksiya chiziqlari konsentrik aylanalar hosil qiladi. Har bir nuqtadagi B vektori shu aylanaga urinma bo‘lib, uning moduli tok kuchiga to‘g‘ri va radiusga teskari proporsional.