Vakuumning o‘zi odatda erkin zaryad tashuvchilarga ega emas. Tok hosil qilish uchun katoddan elektronlarni chiqarish kerak. Katod qizdirilganda termoelektron emissiya yuz beradi. Musbat anod potensiali elektronlarni tezlashtiradi va ular vakuum orqali anodga yetib boradi.